71 202-07-07
Tilni tanlang
O'zbek

Komissiya tartibini tushuntiradi

Paynet Yagona QR-kod bo‘yicha komissiya tartibini tushuntiradi
Komissiya tartibini tushuntiradi

So‘nggi paytlarda ijtimoiy tarmoqlarda Yagona QR-kod orqali to‘lovlarda komissiya miqdori 1,65% ekani haqida xabarlar tarqalmoqda.

Bu haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi.

Paynet Yagona QR orqali to‘lov amalga oshirilganda mijozdan komissiya undirmaydi.

Yagona QR-kod orqali to‘lovlarni qabul qilish xizmati doirasida faqat 0,65% miqdorida komissiya qo‘llaniladi va ushbu mablag' sotuvchilar (merchantlar) tomonidan to‘lanadi.

Shuningdek, eslatib o‘tamiz: o‘zini o‘zi band qilganlar va yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun Paynet Xolis xizmati mavjud bo‘lib, unda to‘lovlarni qabul qilish ham xaridor, ham tadbirkor uchun komissiyasiz amalga oshiriladi.

Komissiya tartibini tushuntiradi